Bo`linma tarixi

 

          Innovatsiya Markazi Sog’liqni Saqlash Vazirligining 2009 yil 3 noyabrdagi №06-11/331 sonli xatiga asosan, ToshPTI rektorining 2009 yil 11 noyabrdagi №369 sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan. Birinchi loyihasi telekompyuter tizimini tadbiq etish bo’lgan. Ushbu tizim professor-o’qituvchilar tarkibi o’qitishi uchun yaxshi uskuna bo’lib kelyapti. Tizim bir manbaadan o’quv xonalarida ketma-ket joylashgan televizorlarga ovoz va tasvirni uzatish orqali ishlaydi. Navbatdagi loyiha ToshPTI asosiy binosini qamrab olgan markazlashgan mahalliy tarmoq (MMT). Ushbu tarmoq barcha axborot xavfsizligiga javob beruvchi, eng so’nggi, simsiz, axborotni qabul qilish - uzatish WiFi texnologiyalaridan foydalanildi.

          Tadbiq etilgan MMT ToshPTI tibbiyot oliy o’quv yurtini imkoniyatlarini kengaytirdi, shu bilan birga elektron kutubxona tashkil etilib, unga barcha MMTga ulangan shaxsiy kompyuterlardan foydalanish imkoniyati yaratildi. MMT foydalanuvchilari kompyuter texnologiyalari orqali o’zlarining bilim malakalarini oshirishi, ishchi va boshqa dasturlardan foydalanishi, chet tillarini o’rganishlari mumkin. Undan keyin markazlashgan internet tarmog’i tashkil etildi. Keyingi loyiha professor-o’qituvchilar tarkibida axborot uzatishni yengillashtiradigan Axborot portali tadbiq etildi.

          Bizning markazda 2010 yil “ToshPTI talabalari nigohida inson taraqqiyoti va avlod rivojlanishining mos kelishi” nomli, hamda 2012 yil “Yoshlar va ta’lim bir-biri bilan uchrashganda” nomli 2 ta fototanlov, bo’lib o’tdi. Barcha fototanlov qatnashchilari “qatnashganligi haqida sertifikat” bilan taqdirlanishdi, g’oliblarga esa qimmatbaho sovg’alar berildi.

          2012 yil oxirida professor-o’qituvchilarni tadbiq etilgan masofaviy ta’lim tizimi asosida kompyuter bo’yicha malakasini oshirish maqsadida “CLON” - Computer Literacy Optimal Naming loyihasi ishlab chiqildi. O’qish ohirida test va amaliy mashg’ulotlardan tashkil topgan imtihon tashkil etilgan.